Maxfiylik siyosati

Oxirgi tahrir: 02.10.2026

HuquqiyAI ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi va ma'lumotlaringizni imkon qadar kam yig'adi. Quyida qaysi ma'lumot, qayerda va qancha vaqt turishi yozilgan.

Bu matn qoralama: yurist ko'rib chiqmoqda. Mazmuni xizmat hozir qanday ishlashini aniq aks ettiradi.

Qanday ma'lumot ishlanadi

Savolingiz va suhbat matni, yuklagan hujjatingiz matni, ovozli xabaringiz (matnga aylantirish uchun), javobga bergan bahoyingiz va izohingiz. Ism, telefon yoki email so'ralmaydi.

Shaxsiy ma'lumotni yashirish

Pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, bank karta va telefon raqamlari matndan AI modeliga yuborilishidan oldin avtomatik yashiriladi. Saqlanadigan barcha matn ham shu yashirilgan ko'rinishda.

Qancha vaqt saqlanadi

Suhbat holati (ish kartasi va oxirgi xabarlar) — 24 soat, so'ng o'zi o'chadi. Yuklangan fayl saqlanmaydi: faqat yashirilgan matni 24 soat turadi. Baho va siz ko'rgan javob — 30 kun, savolingiz matnisiz. Javob topilmagan savollar yashirilgan holda statistikada qoladi (oxirgi 300 tasi) — bazaga qaysi qonun qo'shish kerakligini ko'rish uchun. Ko'p beriladigan savollar javobi 6 soat keshlanadi.

Suhbatlar tarixi

Oldingi suhbatlaringiz faqat shu qurilmada, brauzer xotirasida saqlanadi va serverga yuborilmaydi. Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz, tarix o'chadi.

IP manzil va joylashuv

IP manzilingiz saqlanmaydi va hech kimga yuborilmaydi. Kunlik limitni hisoblash uchun undan har kuni almashadigan tuz bilan qaytarib bo'lmaydigan xesh olinadi. Viloyatni taxmin qilish serverning o'zidagi bazada bajariladi; aniq joylashuv faqat siz ruxsat bersangiz ishlatiladi.

Uchinchi tomon xizmatlari

Javob yozish uchun yashirilgan savol va tegishli qonun moddalari AI provayderlaridan biriga yuboriladi: Anthropic, Google (Gemini), Groq, OpenRouter, BazaarLink yoki OpenAI. Ovozli xabar matnga aylantirish uchun yuboriladi. Bot tekshiruvi — Cloudflare Turnstile. Server va ma'lumotlar ombori O'zbekistondan tashqarida joylashgan (Render, Upstash).

Cookie va brauzer xotirasi

Bitta imzolangan cookie mehmon sessiyasini 24 soat davomida aniqlaydi va limitni hisoblaydi. Brauzer xotirasida til, rang mavzusi, tanlangan viloyat va suhbatlar tarixi saqlanadi. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.

Sizning huquqlaringiz

Suhbat tarixini istalgan payt brauzerda o'chirishingiz mumkin; serverdagi sessiya 24 soatda o'zi o'chadi. Shaxsga doir ma'lumotlar "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-547) asosida ishlanadi.

Bosh sahifaga qaytishFoydalanish shartlari