Biz haqimizda

HuquqiyAI — O'zbekiston fuqarolari uchun bepul huquqiy yordamchi. Vaziyatingizni oddiy so'zlar bilan yozasiz, u qonun nima deyishini aniq modda bilan ko'rsatadi.

Javob qanday tuziladi

Savolingiz bo'yicha bazadan tegishli moddalar topiladi. AI faqat qaysi modda mos kelishini tanlaydi va tushuntirish yozadi; har bir da'vo yonida manba raqami turadi. Manbasiz da'vo bo'lsa, javob qayta yoziladi yoki "aniq javob topilmadi" deyiladi.

Qonun matni qayerdan

Modda matni faqat lex.uz dan olinadi va AI orqali o'tmaydi — siz rasmiy matnni aynan ko'rasiz. Baza har kecha lex.uz bilan solishtiriladi; o'zgargan modda yangi tahrir bo'ladi, eskisi o'chirilmaydi.

Ma'lumotlaringiz

Ro'yxatdan o'tish shart emas. Pasport, JSHSHIR, karta va telefon raqamlari AI ga yuborilishidan oldin yashiriladi. Yuklangan fayl saqlanmaydi — faqat yashirilgan matni 24 soat turadi. IP manzilingiz saqlanmaydi.

Cheklovlar

Bu umumiy huquqiy ma'lumot, yuridik maslahat emas: muhim qarordan oldin advokat bilan maslahatlashing. Har brauzerga kuniga 10 ta savol va 2 ta hujjat tahlili bepul.

Ko'p beriladigan savollar

Bu yuridik maslahatmi?

Yo'q. HuquqiyAI qonun nima deyishini modda bilan ko'rsatadi — bu umumiy huquqiy ma'lumot. Sudga, shartnoma imzolashga yoki boshqa muhim qarorga oldin advokat bilan maslahatlashing.

Pullikmi?

Yo'q. Har brauzerga kuniga 10 ta savol va 2 ta hujjat tahlili bepul.

Ro'yxatdan o'tish kerakmi?

Kerak emas. Savolni darhol yozishingiz mumkin; suhbat shu brauzerda saqlanadi.

Qonun matni qanchalik yangi?

Modda matni faqat lex.uz dan olinadi va baza har kecha lex.uz bilan solishtiriladi. O'zgargan modda tekshiruvdan o'tib yangi tahrir sifatida qo'shiladi, eskisi tarixda qoladi.

Qaysi qonunlar bo'yicha javob beradi?

Bazadagi kodekslar va qonunlar ro'yxati "Bazadagi qonunlar" sahifasida. Bazada yo'q mavzu bo'yicha javob to'qib chiqarilmaydi — "aniq javob topilmadi" deyiladi.

Yuklagan hujjatim nima bo'ladi?

Fayl saqlanmaydi. Pasport, JSHSHIR, karta va telefon raqamlari yashirilgan matn 24 soat turadi — shu vaqt ichida u bo'yicha savol berishingiz mumkin.

Foydalanuvchilar fikri

Fikringizni qoldiring

0/500

Fikrlar jamoamiz ko'rib chiqqandan keyin e'lon qilinadi. Telefon va hujjat raqamlari avtomatik yashiriladi.

Savol berishBazadagi qonunlarTelegram botni ochish