Oxirgi tahrir: 02.10.2026
HuquqiyAI dan foydalanib, siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.
Bu matn qoralama: yurist ko'rib chiqmoqda. Mazmuni xizmat hozir qanday ishlashini aniq aks ettiradi.
HuquqiyAI O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha umumiy huquqiy ma'lumot beradi. Bu yuridik maslahat emas va advokat o'rnini bosmaydi. Sud, jinoiy ish yoki katta summa bilan bog'liq masalada advokatga murojaat qiling.
Har bir javob bazadagi qonun moddalariga tayanadi; modda matni lex.uz dan olinadi va o'zgartirilmaydi. AI yozgan tushuntirish xato bo'lishi mumkin — muhim qarordan oldin ko'rsatilgan moddaning rasmiy matnini va tahrir sanasini tekshiring.
Xizmat bepul. Suiiste'molning oldini olish uchun har brauzerga kunlik savol va hujjat tahlili soni cheklangan; joriy qoldiq ekranda ko'rsatiladi.
Xizmatdan noqonuniy maqsadda foydalanish, avtomatlashtirilgan ommaviy so'rovlar yuborish, limit va himoyani chetlab o'tishga urinish, boshqa shaxslarning ruxsatsiz shaxsiy ma'lumotlarini yuklash.
Ariza va shartnoma namunalari umumiy shablon hisoblanadi. To'ldirilgan hujjatning to'g'riligi va undan foydalanish uchun javobgarlik foydalanuvchida.
HuquqiyAI ma'lumot asosida qabul qilingan qarorlar oqibati uchun javob bermaydi. Xizmat "boricha" taqdim etiladi va vaqtincha ishlamay qolishi mumkin.
Shartlar yangilanishi mumkin; amaldagi tahrir sanasi sahifa boshida ko'rsatiladi. Nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal qilinadi.